Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

YOSHLAR BILAN MULOQOT O'TKAZILDI


Xovos tuman aholisining 22 540 nafarini yoshlar tashkil qiladi.
Aholi va tadbirkorlik subyektlari muammolarini o'rganish hamda huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta'minlash sohasida Sirdaryo viloyatida "Adliya-mahalla-maktab" hamda "Adliya tadbirkorga ko'makchi" loyihalarini amalga oshirish bo'yicha namunaviy tizimni yaratish yuzasidan Respublika ishchi guruhi xovoslik yoshlar bilan uchrashib, ularning maqsad va intilishlari, muammo va takliflari bilan yaqindan tanishdi.
Tadbirda dastlab yoshlarning konstitutsion huquq va majburiyatlari,  yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari haqida so‘z yuritildi.
Ochiq muloqot davomida tadbirkorlik, bandlik kabi masalalar yuzasidan yigit-qizlarning murojaatlari va muammoli masalalari tinglanib, murojaatlarni ijobiy hal etish uchun mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi hamda ijrosi alohida nazoratga olindi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati