Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

TIBBIYOT XODIMLARI BILAN MULOQOT


Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash sohasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish masalalari ustuvor vazifalardan biri sanaladi. Xo‘sh, sohani takomillashtirishga qaratilgan islohotlar ijrosi Sirdaryo viloyatida qay darajada bo‘y ko‘rsatmoqda? Bugun tizimda yechimini kutayotgan qanday muammolar bor?
Respublika ishchi guruhining Yangiyer shahar va Xovos tuman tibbiyot birlashmalari shifokorlari bilan muloqotida ayni mavzuda so‘z bordi. Uchrashuv mobaynida tizim xodimlari bilan o'zaro fikr almashildi, ularning muammo va takliflari tinglandi.
Shuningdek, tadbirda sog‘liqni saqlash tizimini korrupsiyadan xoli sohaga aylantirish, tizimga ochiqlik va shaffoflik prinsiplarini joriy qilish masalalariga alohida urg‘u berildi.
Yakunda ishtirokchilarga qonunchilikdagi yangiliklarga doir targ‘ibot materiallari tarqatildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati