Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Soʻragan edingiz...


Savol: Yaqinda 60 yoshga to‘laman, pensiyaga chiqish taraddudidaman. Shu sababli pensiya va uni tayinlash tartibi haqida ma’lumot bersangiz?

                                                                                                                                                                                                 X. Aliyev, Xovos tumani



Javob: Qonunchilikka ko‘ra, ish staji 25 yil bo‘lgan erkaklar 60 yoshida, ish staji 20 yil bo‘lgan ayollar esa 55 yoshda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar.

Ayrim hollarda, pensiyaga chiqish uchun imtiyozlar belgilangan. Unga kora, ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan, ish staji kamida 25 yil bo‘lgan erkaklar — 58 yoshga to‘lganda hamda ish staji kamida 20 yil bo‘lgan ayollar — 53 yoshga to‘lganda muddatidan oldin pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar.

Pensiya tayinlash uchun pensiyaga chiquvchi ish stajini va maxsus ish stajini tasdiqlovchi hujjati hamda ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani pensiya jamg‘armasining bo‘limiga ish joyi orqali yoki mustaqil ariza bilan murojaat qilish lozim bo‘ladi.

Bunda pensiya olish huquqi paydo bo‘lgan kundan boshlab 60 kungacha pensiya jamg‘armasining bo‘limiga murojaat qilinsa – pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan, ya’ni pensiya tayinlash yoshiga etgan va ish stajiga ega bo‘lgan kundan boshlab pensiya tayinlanadi.

Shuningdek, 60 kunlik murojaat qilish muddati o‘tkazib yuborilganda taqdirda, pensiya olish uchun murojaat qilingan kundan boshlab pensiya tayinlanadi.

  
Savolga Xovos tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi S.Qo‘ziyev javob berdi