Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

“Ulug‘ yo‘l” mahallasida sayyor qabul oʻtkazildi


“Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan” huquqiy aksiyasi doirasida Guliston shahar  “Ulug‘ yo‘l” MFYda  sayyor qabul oʻtkazildi. Tadbir avvalida "qizil" hudud toifasiga kiritilgan mazkur hududda sodir etilgan jinoyatlar tahlil qilindi. Mahallani xavfsiz hududga aylantirish, bu borada fuqarolarning hushyorligi va mas'uliyatini oshrirish oshirish zarurligi ta'kidlandi.

Shundan so'ng aholi muammolari o'rganildi. Sayyor qabulda Guliston shahar adliya boʻlimi tomonidan 30 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglanib, 24 tasiga zarur huquqiy tushuntirishlar berildi,  6 nafar fuqarolarning murojaatlari oʻrganib chiqish uchun ish yurituvga qabul qilindi.

Tadbir davomida Guliston shahar adliya bo‘limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan  yangi qabul qilingan bir qator qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatiga batafsil to'xtalib o'tildi.Moddiy yordam, kredit olish, aliment, pensiya va nafaqa masalalari, uy-joy, kadastr hujjatini rasmiylashtirish kabi masalalarda fuqarolarni qiziqtirgan savollarga bepul huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, sayyor qabul jarayonida  10 nafar fuqaroga davlat xizmatlari koʻrsatildi.  

Tadbir doirasida uyma-uy yurgan holda aholi bilan muloqot qilindi. Jarayonda qonunchilikdagi yangiliklarga oid targ'ibot materiallari tarqatildi.  

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati