Янгиликлар
09
Manzilli targ'ibot yoshlar bilan
"Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan" huquqiy aksiyasi doirasida Sirdaryo tuman adliya bo'limi tomonidan xayrli tashabbuslar ilgari surilmoqda.
Tumanda 38 ta mahalla mavjud bo'lib, bo'lim tomonidan huquqiy maslahatga muhtoj aholi qatlami aniqlab olingani manzilli targ'ibotni amalga oshirish orqali aholining huquqiy muammolariga yechim topish imkonini bermoqda.
Adliya bo'limi boshlig’i K.Ernazarov hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Sirdaryo tumani "Zarshunos" mahallasida uyma-uy yurgan hudud yoshlari bilan muloqot qildi.
Jarayonda yoshlar muammolari, istak va rejalari bilan yaqindan tanishib, ularga zarur huquqiy maslahatlar berildi hamda huquqiy adabiyotlar, qonunchilikdagi yangiliklar bo'yicha targ'ibot materiallari tarqatildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati