Янгиликлар
10
"Yangi hayot" mahallasida sayyor qabul
“Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan” huquqiy aksiyasi doirasida Guliston shahar adliya boʻlimi tomonidan “Yangi hayot” MFYda sayyor qabul oʻtkazildi.
Adliya bo'limi boshligʻi S.Tog‘ayev, Yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsultlari J.Boirov, D.Xolmatov, S.Xalilov, Davlat xizmatlari markazi dirtektori B.Abdukadirov, Guliston shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi xodimi A.Bobomurodov, mahalla raisi S.Aripjanov, xotin-qizlar faoli D.Axmedjanovalardan iborat targ'ibot guruhi tomonidan aholining huquqiy muammolari o'rganildi.
Sayyor qabulda 20 dan ortiq fuqarolar ishtirok etdi. Shundan 14 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglanib, zarur huquqiy tushuntirishlar berildi, 6 nafar fuqarolarning murojaatlari oʻrganib chiqish uchun ish yurituvga qabul qilindi. Jarayonda 10 nafar fuqaroga sayyor tartibda davlat xizmatlari koʻrsatildi.
Bundan tashqari, tadbirda korrupsiyaga qarshi kurash, odam savdosi, kiberxavfsizlik, firibgarlik jinoyatlari va uning oqibatlari, yo'l harakati xavfsizligi qoidalari va boshqa bir qator yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Targ'ibot guruhi mahalla bo'ylab uyma-uy yurib huquqiy targ'ibotni davom ettirdi. Uyma-uy yurish jarayonida fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar berish bilan bir qatorda odam savdosi, elektr energiyasi, tabiiy gaz va suvdan oqilona foydalanish qoidalari, shuningdek hayotiy zarur boshqa masalalar yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi hamda mavzuga oid targ'ibot materiallari tarqatildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati