Янгиликлар
19
Xodim va ish beruvchi mehnat shartnomasining taraflaridir
“Mehnat huquqlarimizni o’rganamiz” huquqiy aksiyasi doirasida Sardoba tuman adliya bo'limi tomonidan Kadastrlar palatasining Sardoba tuman bo’limi ma’sul xodimlari ishtirokida targ'ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Adliya bo'limi bosh maslahatchisi Shozjahon Tamirbayev yangi Mehnat kodeksining mazmun-mohiyatini tushuntirdi.
Xodim va ish beruvchi mehnat shartnomasining taraflaridir. Muloqotda yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar, xususan mehnat shartnomasini tuzish, o'zgartirish, xodimni ishdan chetlatish, mehnat shartnomasini bekor qilish tartiblari haqida alohida to'xtalib o'tildi.
Tadbir yakunida xodimlar mehnat munosabatlariga oid o'zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati