Янгиликлар
18
Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi
2017 yilda “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi jamiyatimizda mazkur illatni kamaytirishda yangi bosqichni boshlab berdi. Qonun bilan korrupsiya, ya’ni poraxo‘rlik, mansabdan foydalangan holda qonunni suiiste’mol qilish, tanish-bilishchilik, qarindosh-urug‘chilik, iste’dodli kadrlarning o‘sishiga to‘siq bo‘lish, inson huquqlarini buzish, ta’magirlik qilish kabi jirkanch holatlarga yo‘l qo‘yganlik uchun qat’iy jazo muqarrarligi aniq-ravshan belgilandi.
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti davlat muassasasi Sirdaryo filialida tashkil etilgan davra suhbatida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun va ushbu yo‘nalishda qabul qilingan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati xususida so‘z bordi.
Tadbirda Adliya boshqarmasi mas’ul xodimi D.Umurzoqova ishtirok etib korrupsiya bo‘yicha javobgarlik masalasi, inson huquqlari sohasida korrupsiyaga barham berish bo‘yicha ro'y bergan o‘zgarishlar haqida o'z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati