Янгиликлар
17
Korrupsiya - bu jamiyatni turli yo'llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illat
Jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni qaror toptirish muhim vazifalardan biri sanaladi. Buning uchun har bir fuqaro o‘zida mas’uliyatni his etishi lozim. Guliston shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan Guliston shahar tez tibbiy yordam markazida tashkil etilgan targ'ibot tadbirida ayni mavzuda so'z bordi. Muloqotda dastlab “korrupsiya” so‘zining mohiyatiga alohida urg‘u berildi, korrupsiya jamiyatni turli yo'llar bilan iskanjaga oladiga dahshatli illat ekanligi, uning davlat va jamiyat rivojiga salbiy ta'siri haqida fir-mulohazalar bildirildi.
Tadbir davomida O'zbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish tog'risida"gi Qonuni, “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori mazmun-mohiyati to‘g‘risida keng ma’lumotlar berildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati