Янгиликлар
17
Inson qadr-qimmatini kamsitish, qiynoqqa solish - jinoyat
Davlat va inson bir-biriga huquq va majburiyat tomonidan bog‘liq. Inson tug‘ilishi bilan uning ayrim huquqlari yuzaga keladi. Davlatning majburiyati esa insonning huquq va erkinliklarini ta’minlash va unga kafolat berishdir.
Eng asosiy hujjatimiz - yangi konstitusiyamizning 26-moddasida insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsizdir. Hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo‘lishi mumkin emas. Hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etilishi mumkin emasligi qayd etilgan.
Sirdaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasida o‘tkazilgan navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsida Adliya boshqarmasi mas’ul xodimi Sodiqjon Hamroyev “Inson qadr-qimmatini kamsitish, qiynoqqa solish - jinoyat” mavzusida ma’ruza qildi.
Darhaqiqat, inson qadr-qimmatini kamsitish, qiynoqqa solish bu jinoyatdir. Muloqot mobaynida inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar, amalga oshirilayotgan islohotlar va bir qator normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatiga to‘xtalib o‘tildi.
Tadbir so‘ngida xodimlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati