Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

"Mehnat huquqlarimizni o'rganamiz" huquqiy aksiyasi davom etmoqda


Xodim va ish beruvchi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarning sub’yektlaridir. Mehnatga oid huquq layoqatiga va muomala layoqatiga ega bo‘lgan, belgilangan yoshga yetgan hamda ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi tuzgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar xodimlar bo‘lishi mumkin. Ushbu normalar mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi Mehnat kodeksida o‘z ifodasini topgan.

“Mehnat huquqlarimizni o‘rganamiz” huquqiy aksiyasi doirasida Sirdaryo tuman adliya bo‘limi va yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan tibbiyot birlashmasida tashkil etilgan tadbir yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining mazmun-mohiyati tushuntirish maqsadiga qaratildi.

Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining hajmi amaldagisiga nisbatan deyarli 3 barobar katta bo‘lib, 600 ga yaqin moddani o‘z ichiga olgan. Hujjatda bandlik, individual mehnat munosabatlari, xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ayrim toifadagi xodimlar mehnatini tartibga solish xususiyatlari, xodimlarning mehnat huquqini himoya qilish, mehnat nizolarini ko‘rib chiqishni nazarda tutuvchi normalar qo‘shildi.

Tadbirda yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining amaldagisidan farqi va afzalliklari haqida batafsil ma’lumot berilib, hujjatdagi moddalar aniq, sodda, xalqchil tilda tushuntirildi. Shuningdek, tibbiyot xodimlari bilan muloqot davomida ularning muammolari o‘rganildi, mehnat huquqlariga oid kelib tushgan savol va murojaatlarga zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.  

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati