Янгиликлар
21
Siz kelmang, o'zimiz boramiz…
Sayxunobod tuman davlat xizmatlari markazlari xodimlari “mahallabay” va “xonadonbay” tamoyili asosida Markazdan olis hududlarda yashovchi aholiga qulaylik yaratish, ularning ortiqcha ovoragarchiligiga barham berish maqsadida fuqarolarning yashash manziliga borgan holda davlat xizmatlarini ko‘rsatmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri “Baxmalsoy” mahallasida tashkil etildi.
- Tadbir davomida aholi bilan muloqot qildik, davlat xizmatlari turlari va ulardan foydalanish, mobil davlat xizmatlari ko‘rsatish usullari va qulayliklari to‘g‘risida tushunchalar berdik, - deydi markaz xodimi Elshod Husanov.
Shu kuni baxmalsoyliklarga bolani davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish uchun ariza berish, yelektron raqamli imzo kaliti olish, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar olishga navbatga qo‘yish, sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) to‘g‘risida ma’lumotnomalarni olish uchun ariza yuborish bo‘yicha 50 ga yaqin sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Olis hududlarda tashkil etilayotgan bu kabi sayyor davlat xizmatlari aholiga har tomonlama qulaylik yaratadi. Eng muhimi ularning ham vaqti, ham naqdi tejalib, uzog‘i yaqin, og‘iri yengil bo‘ladi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati