Янгиликлар
21
Sessiyada Guliston shahar adliya bo‘limi boshlig‘i axborot berdi
Guliston shahar hokimligining majlislar zalida oltinchi chaqiriq xalq deputatlari Guliston shahar Kengashining yetmish to'qqizinchi sessiyasi bo'lib o'tdi. Sessiyada Guliston shahar adliya bo'limi boshlig'i safarboy Tog'ayevning norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha 2023-yilning 2-choragida bo‘lim tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti tinglandi.
Ta'kidlanganidek, joriy yilning 6 oyi davomida Guliston shahar adliya bo‘limiga jami 821 ta xat va hujjatlar kelib tushgan bo‘lib, shulardan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari 199 tani tashkil qilgan. Shu jumladan, 25 ta sayyor qabullar natijasida 175 ta murojaatlar qabul qilingan. Kelib tushgan murojaatlarning 191 tasi hal etilib, 32 tasi ko‘rib chiqish uchun taalluqliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan. Murojaatlar asosida jami 1 215 795 so‘m pul mablag‘i undirib berildi.
Shundan, tegishli tartibda davlat korxonalari va tashkilotlarga jami 40 ta taqdimnoma, 297 ta ogohnoma kiritilgan. Jami 25 nafar xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan bo‘lib, 1 nafar xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan, shunigdek, 11 nafar xodimlarga nisbatan maʼmuriy javobgarlikka tortish bo‘yicha takliflar kiritildi.
Hisobot davrida 21 ta idorada o‘rganishlar o‘tkazilib, 1235 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Sessiyada usbu o'rganishlar natijalari tahlil qilindi.
Kun tartibidan o'rin olgan mazkur masala yuzasidan deputatlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berilib, tegishli qaror qabul qilindi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati