Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Korrupsiya va odam savdosiga qarshi kurashda nodavlat notijorat tashkilotlarining roli muhim


Korrupsiya va odam savdosiga qarshi kurashda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining faol ishtiroki muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan strategiyalar, chora-tadbirlar jamiyat va davlat rivoji uchun g‘oyatda manfaatli hisoblanadi.

O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assosiasiyasi Sirdaryo viloyat hududiy bo‘linmasi va Guliston shahar “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan “Ochiq eshiklar kuni”da ayni mavzu muhokamalar markazida bo‘ldi. Tadbirda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimi Hayitboy Sayitov ishtirok etib, nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini mustahkamlash, ularga qulay shart-sharoitlar yaratish, davlat va jamiyat hayotida ularning rolini yanada kuchaytirishga qaratilgan islohotlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Korrupsiya, odam savdosi va majburiy mehnat nima va unga qarshi kurashish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Tadbirda ushbu jinoyatlarga barham berish maqsadida qabul qilingan bir qator qonun va qonunosti hujjatlari, xorijiy amaliyot normalari haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi.

“Ochiq eshiklar kuni”da nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati tahlil tahlil qilindi. Har bir tashkilot o‘z dasturiy maqsadidan kelib chiqib faoliyatini yanada jonlantirishi, davlat va jamiyat hayotida faol bo‘lishi ta’kidlandi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati