Янгиликлар
21
So'ragan edingiz...
Savol: Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni o'z vaqtida davlat ro'yxatidan o'tkazmaslik uchun ham jarima to'lanadimi?
Javob: O'zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 681-moddaasida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik uchun javobgarlik belgilangan.
Unga ko'ra, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organga yer uchastkasiga, bino va inshootga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari, mansabdor shaxslarga esa o‘n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Savolga Guliston shahar Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti Jamshid Boirov javob berdi.