Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Olis hududlar aholisi ham davlat xizmatlaridan bahramand bo'lmoqda


Boyovut tuman davlat xizmatlari markazi xodimlari odamlarga yaqin bo‘lish, tez, qulay va sifatli davlat xizmatlarini ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratishadi. Bugun olis qishloqlarda istiqomat qilayotgan aholi ham davlat xizmatlaridan bahramand bo'lmoqda. Aholining markazga kelishini kutmay, chekka va olis hududlarda sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilayotgani bunga yaqqol misoldir.

Boyovut tumanidagi “Istiqlol” va “Markaz” mahalla fuqarolar yig‘inlari aholisi davlat xizmatlaridan foydalanish uchun 25-30 chaqirim masofa bosib, tuman markaziga borishlariga to‘g‘ri keladi. Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan qishloq aholisining uzog‘ini yaqin qilish maqsadida sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

81 yoshli Malohat momo xam sayyor davlat xizmatlaridan foydalandi. Respublikamizdagi sihatgohlardan birida davolanish va salomatligini tiklash uchun onlayn navbatga qo‘yildi.

Shu kuni fuqarolar bir qator yo‘nalishlar, jumladan, suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish, bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha navbatga qo‘yish uchun ariza berish, elektr tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalandi. Shuningdek, fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlari to‘g‘risida ham keng qamrovli huquqiy maslahatlar berildi.

Aytish joizki, davlat xizmatlari markazi tomonidan aholiga sayyor xizmat ko‘rsatish uchun maxsus jihozlangan avtobus yordamida olis hududlarga chiqish amaliyoti aholining ovoragarchiliklariga chek qo‘yadi.

Sayyor xizmat ko‘rsatish xalqning uzog‘ini yaqin, mushkulini oson qiladi. "Istiqlol" va "Markaz"  mahlalllari aholisi ham e'tibor va ko'rsatilgan sayyor xizmatdan mamnun bo'ldi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati