Янгиликлар
25
GULISTONDA HUQUQIY AKSIYA DAVOM ETMOQDA
“Mehnat huquqlarimizni o‘rganamiz” aksiyasi doirasida Guliston shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan tuman xalq ta’limi bo‘limida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Xo‘sh, mehnat qonunchiligida nimalar yaqqol ko‘zga tashlanmoqda, yangi tartibga ko‘ra, ish beruvchi va xodimlarning manfaatlarida nimalar o‘zgardi?
Tadbir mobaynida Markaz bosh yuristkonsulti Jamshid Boirov yangi Mehnat kodeksining mazmun-mohiyati, undagi yangicha tartiblar, intizomiy qoidalar, Mehnat kodeksiga kiritilgan yangi modda va normalarni batafsil tushuntirdi.
Shuningdek, muloqot davomida, korrupsiya, odam savdosi va majburiyat mehnatga qarshi kurashishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatiga to‘xtalib o‘tildi hamda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati