Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Huquqiy targ'ibot "qizil" hudud toifasiga kirgan mahallada


Guliston shahrida jinoyatchilikni oldini olish, huquqbuzarliklarni keskin kamaytirish maqsadida jinoyatchilik soni oshgan, “qizil” hudud toifasiga kirgan mahallarda tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. “Ulug‘ yo‘l” mahallasi “qizil” hudud sifatida belgilangan. Guliston shahar adliya bo‘limi boshlig‘i S.Tog‘ayevning ushbu mahalla aholisi bilan bo‘lib o‘tgan muloqoti hududda sodir etilgan jinoyatlarning  sabablari va ularga imkon yaratib bergan shart-sharoitlarni keng muhokama qilishga asos bo‘ldi.

Mahalla osoyishtaligini ta’minlash, o‘zaro qo‘shnichilik aloqalarini yanada mustahkamlash har qanday jinoyatga to‘qsiq bo‘ladi, deyildi tadbirda. Shuningdek, uchrashuvda odam savdosi, korrupsiya, kiberxavfsizlik, firibgarlik kabi jinoyatlardan ogoh bo‘lish, ushbu turdagi jinoyatlardan jabrlanib qolish xavfi yuqori bo‘lgan fuqarolar bilan alohida viktimologik chora-tadbirlar o‘tkazilishi lozimligi tushuntirilib, mahalla xavfsizligi borasida har bir fuqaroning faolligi muhim ekanligi ta’kidlandi.

Tadbir davomida sayyor qabul o‘tkazilib, aholi muammolari o‘rganildi va murojaatlar yuzasidan fuqarolarga zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati