Янгиликлар
25
So'ragan edingiz...
Savol: Qanday hollarda mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi?
N.Allamuraodova, Guliston shahri
Javob: Mehnatga layoqatsizlik varaqasi quyidagi hollarda beriladi:
a) fuqarolarning kasalligi, shikastlanganligi, homiladorligi, tuqqanligi;
b) oilaning betob aʼzosini parvarishlaganligi;
c) protez qoʼydirganligi;
d) sanatoriy-kurortda davolanganligi;
d) sogʼligʼi holatiga koʼra boshqa ishga oʼtkazish uchun;
e) karantin tufayli mehnatga vaqtincha layoqatsizligini tasdiqlash uchun.
Savolga Guliston shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti Sardor Xalilov javob berdi