Янгиликлар
26
Huquqbuzarliklar profilaktikasi - xavfsiz hayot garovi
Davlat xizmatlari markazlari doimo fuqarolar bilan gavjum. Bu yerga ular o'zlari uchun muhim va kerakli bo‘lgan davlat xizmatlarini olish maqsadida tashrif buyurishadi.
Davlat xizmatlari markazlariga kelgan fuqarolar elektron navbat olib, toki navbati kelgunga qadar o‘rnatilgan monitorlar orqali qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor bo‘lishi ham mumkin.
Huquqbuzarliklar profilaktikasida ko‘rgazmali targ‘ibot vositalaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Guliston shahar davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan aholiga tezkor xizmat ko‘rsatish bilan birga ularning huquqiy savodxonligini oshirishga ham alohida e’tibor qaratilib, firibgarlik, kiberxavfsizlik, odam savdosi, korrupsiya kabi jinoyatlarga qarshi kurashishni targ‘ib qiluvchi buklet va flayerlar tarqatilmoqda.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati