Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

“Jinoyat olamidan qaytish” nomli tadbir o‘tkazildi


Xovos tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti 3-mintaqaviy hudud 8-son tergov hibsxonasida jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarning huquqiy bilimlarini oshirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida “Jinoyat olamidan qaytish” nomli tadbir o‘tkazildi. Tadbirda yangi qabul qilingan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.

Ta’kidlanganidek, Yangi Konstitutsiyada inson huquq va erkinliklarining kafolatlari sezilarli ortdi. Jumladan, xalqaro e’tirof etilgan "Xabeas korpus" institutini qo‘llanish ko‘lami yanada kengaytirilib, shaxs sudning qarorisiz 48 soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emasligi belgilandi.

Ilk bor shaxsni ushlash chog‘ida unga tushunarli tilda uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari tushuntirilishi shartligi, ayblanuvchi va sudlanuvchilarga o‘ziga qarshi ko‘rsatma bermaslik, sukut saqlash huquqi kafolatlandi. Boshqacha aytganda, xalqaro e’tirof etilgan "Miranda qoidalari" Asosiy qonunimizga tatbiq etildi. Muloqot davomida konstitutsiyaga kiritilgan yangi modda va normalarga batafsil izoh  berildi.

Uchrashuv ishtirokchilar o‘rtasidagi qiziqarli savol-javoblar bilan yakuniga yetdi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati