Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Adliya aralashuvi bilan tadbirkorning murojaati ijobiy hal bo'ldi


Yangiyer shahridagi “Imkon Avto Logistik” MCHJ hamda Mirzaobod tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi o‘rtasida 2022-yil 1-aprelda transport va mexanizm xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzilgan bo‘lib, mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 32.602.676 so‘mlik xizmatlar to‘liq ko‘rsatilgan.

Biroq, Mirzaobod tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilmay, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov amalga oshirilmagan.

Yangiyer shahar adliya bo‘limiga MCHJ rahbari tomonidan yo‘llangan ushbu mazmundagi murojaat qonunchilik talablari asosida o‘rganildi.

Ma’lum bo‘lishicha, mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan Mirzaobod tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasiga 32.602.676 so‘mlik qarzdorlikni so‘ndirish bo‘yicha bir necha marotaba talabnoma va xatlar bilan murojaat qilingan, biroq natija bo‘lmagan. Ushbu qarzdordik solishtirma dalolatnoma orqali ham o‘z isbotini topgan.

Taraflar o‘rtasida tuzilgan shartnomaning tegishli bandida kechiktirilgan to‘lovlar uchun har bir kun uchun 0,1 foiz miqdorida jarima to‘lash lozimligi ko‘rsatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi FKning 242-moddasiga binoan, agar majburiyatni bajarish muddati ko‘rsatilmagan yoki talab qilib olish payti bilan belgilab qo‘yilgan bo‘lsa, kreditor har qachon ijroni talab qilishga, qarzdor esa ijroni har qachon amalga oshirishga haqli bo‘ladi. Majburiyatni darhol bajarish vazifasi qonun, shartnoma yoki majburiyatning mohiyatidan anglashilmasa qarzdor bunday majburiyatni kreditor talab qilgan kundan boshlab yetti kunlik muddat ichida bajarishi shart.

Yuqoridagilarga asosan Yangiyer shahar adliya bo‘limi tomonidan “Imkon Avto Logistik” MCHJ manfaatida Guliston tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo arizasi kiritildi.

Natijada sudning hal qiluv qarori bilan Mirzaobod tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi hisobidan “Imkon Avto Logistik” MCHJ foydasiga 32.602.676 so‘m asosiy qarz va 5.000.000 so‘m har bir kechikkan kun uchun penya, shuningdek, respublika byudjetiga 852.881,84 so‘m davlat boji undirilishi belgilandi.



Laziz Xudoyqulov
Yangiyer shahar adliya bo‘limi boshlig‘i