Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Ayrim toifadagi shaxslarga mehnat ta’tillarini berishda imtiyozlar bor


Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksiga ko‘ra, nafaqat homilador ayollarga balki, oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul shaxslarga ham yillik mehnat ta’tillarini berish navbatini belgilash yuzasidan imtiyozlar nazarda tutilgan.

Unga ko‘ra, homilador ayollarga va bola tuqqan ayollarga yillik mehnat ta’tili, ularning xohishiga ko‘ra, tegishincha homiladorlik va tug‘ish ta’tilidan oldin yoki undan keyin beriladi.

Bunda homilador ayollarni yillik mehnat ta’tilidan chaqirib olishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Shuningdek, bolani parvarishlash ta’tilidan foydalanayotgan xodimga yillik mehnat ta’tili, uning xohishiga ko‘ra, bola parvarishlash ta’tilidan oldin yoxud undan keyin beriladi.

Ishlaydigan erkaklarga xotinining homiladorlik va tug‘ish ta’tili davrida o‘z xohishiga ko‘ra yillik mehnat ta’tili, birinchi ish yili uchun — ishlab berilgan vaqtdan qat’i nazar, keyingi yillarda — ta’tillar berish jadvalidan qat’i nazar beriladi. Bu esa albatta, xodim manfaatlari uchun xizmat qiladi.

Bundan tashqari, o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bitta va undan ortiq bolani (o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolani) tarbiyalayotgan yolg‘iz otaga, yolg‘iz onaga (beva erkaklarga, beva ayollarga, nikohdan ajrashganlarga, yolg‘iz onalarga) va muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning xotinlariga yillik mehnat ta’tillari, ularning xohishiga ko‘ra, ular uchun qulay bo‘lgan vaqtda beriladi. Imtiyozlardan foydalanish, albatta, xodim ixtiyorida bo‘ladi.


Sirojiddin Qo'ziyev,
Xovos tuman adliya bo'limi bosh maslahatchisi