Янгиликлар
10
Korrupsiyaga qarshi kurashamiz!
Bugungi kunda dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan korrupsiya illati azaldan davlat va jamiyat ravnaqiga to‘sqinlik qilib kelayotgan omillardan biri hisoblanadi.
Ushbu illatga qarshi kurashishda aholining huquqiy savodxonligini oshrish, ularda korrupsiyaga qarshi immunitetni kuchaytirish dolzarb vazifa hisoblanadi.
Shirin shahar adliya bo‘limi timonidani madaniyat bo‘limida tashkil qilingan tadbir “Korrupsiya va uning salbiy oqibatlari” mavzusiga bag‘ishlandi.
Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida mamlakatimizda qabul qilingan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan so‘z yuritdi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmonida belgilangan chora-tadbirlarga to‘xtalib o‘tdi.
Muloqotda poraxo‘rlik, korrupsiya davlatning siyosiy, iqtisodiy, huquqiy tizimiga putur yetkazib, xalqimizning davlat idoralariga nisbatan ishonchini susaytirishi ta’kidlandi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati