Янгиликлар
10
“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili amalda
Bugungi kunda Yangiyer shahrida jinoyatchilikni oldini olish, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish borasida “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida ishlar tashkil qilinmoqda. Natijada kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarda jinoyatchilikni “mahallabay” jilovlash ishlari ancha yaxshilanmoqda.
Ayniqsa, bu borada adliya va mahalla beshligining hamkorligi huquqiy muammolarga yechim topishda muhim omil bo‘lmoqda. "Fazilat" mahallasi Yangiyer "qizil" hudud toifasiga kiritilgan. Mas’ul idora vakillarining ushbu manzilga tashrifi aholi bilan ochiq muloqot uchun asos bo‘ldi. Bunda notinch oila vakillari bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, har bir oila va har bir fuqaroning muammolari o‘rganildi, ularga zarur huquqiy maslahatlar berildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati