Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Xodimlar huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinadi


Mehnat qilish huquqi insonning barcha huquq va erkinliklarining asosidir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 42-moddasida har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega ekanligi belgilab qo‘yilgan.

Adliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan “Mehnat huquqlarimizni o‘rganamiz” huquqiy aksiyasi yangi tahrirdagi mehnat kodeksi mazmun-mohiyatini keng aholi qatlami o‘rtasida manzilli targ‘ib qilish, fuqaroalrning mehnat huquqlarini tiklash choralarini ko‘rish maqsadini ko‘zlaydi. Sayxunobod tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan mehnat qonunchiligi keng targ‘ib qilinmoqda. Tumandagi 10-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib o‘tgan tabirda yangi mehnat kodeksi mazmun-mohiyati ishtirokchilarga to‘liq yetkazildi.

Shuningdek, tadbirda korrupsiya va uning ayanchli oqibatlari, halollik vaksinasi va aksilkorrupsiya tushunchalariga to'xtalib o'tildi hamda korrupsiyaga qarshi kurashishga doir qator normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati haqida keng ma'lumotlar berildi.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati