Янгиликлар
11
«Milliy bank» AJ Sirdaryo viloyat bosh boshqarmasida seminar tashkil etildi
Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmasi tomonidan «Milliy bank» AJ Sirdaryo viloyat bosh boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi PF-67-son “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tijorat banklarining joylardagi filiallari xodimlari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining “Bank siri to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyatini xodimlarga tushuntirish bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Unda Guliston shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti S.Xalilov ishtirok etib, yangi tahrirdagi Konstitutsiya mazmun-mohiyati yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Ta’kidlanganidek, Konstitutsiyada davlat qurilishining yangi strategik maqsadi — ijtimoiy davlat qurish ekanligi belgilab berildi, ijtimoiy adolat va birdamlik prinsiplari joriy etildi, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning mutlaqo yangi mexanizmlarini nazarda tutuvchi konstitutsiyaviy asoslar mustahkamlandi. Konstitutsiyani so‘zsiz va to‘liq amalga oshirish barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi navbatdagi ustuvor vazifasi etib belgilandi.
Muloqotda Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan kelib chiqadigan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi, Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ustuvor g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish va normalarini hayotga tatbiq etish bo‘yicha Davlat komissiyasi va uning vazifalari haqida keng ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, seminarda bank xodimlariga O‘zbekiston Respublikasining “Bank siri to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni olish, saqlash, muhofaza qilish, e’lon qilish va taqdim etish masalalari batafsil tushuntirildi.
Seminar yakunida bank xodimlari kun tartibidagi masala bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘liq javoblar olishdi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Aborot xizmati