Янгиликлар
11
Korrupsiya – rivojlanishga to‘siq
Aholining huquqiy ongi va huquqiy savodxonligini oshirish, korrupsiyaga nisbatan toqatsizlik muhitini shakllantirish, korrupsion holatlarining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar orqali qonun ustuvorligini ta’minlash dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Guliston shahar tibbiyot birlashmasida “Korrupsiya – rivojlanishga to‘siq” mavzusida tashkil etilgan seminarda ayni mavzu muhokamalar markazida bo‘ldi.
Tadbirda Guliston shahar adliya bo'limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig'i U.Tursunmuratov ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni, “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori mazmun-mohiyatiga alohida to‘xtaldi.
Tadbir so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati