Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Konstitutsiyani o'rganamiz


Konstitusiyamizning 35-moddasida “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har kim xohlagan dinga e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo'l qo'yilmaydi”, deb belgilangan.

Vijdon erkinligi – bu fuqarolarning xohlagan dinga e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik bo'yicha kafolatlangan huquqidir.

Fuqarolarning mazkur konstitusiyaviy huquqlarini ro'yobga chiqarishga qaratilgan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida”gi Qonun qabul qilingan.

Unga ko'ra, fuqaro dinga, dinga e'tiqod qilishga yoki e'tiqod qilmaslikka, ibodatlarda, diniy rasm-rusumlar va marosimlarda ishtirok etishga yoki ishtirok etmaslikka, diniy ta'lim olishga nisbatan o'z munosabatini belgilayotganda uni u yoki bu tarzda majburlashga yo'l qo'yilmaydi.

Shuningdek, O'zbekiston fuqarolari, dinga munosabatidan qat'i nazar, qonun oldida tengligi mustahkamlangan.