Янгиликлар
12
XODIMGA ISH HAQI UNDIRIB BERILDI
Sirdaryo tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tasarrufidagi 29-sonli umumta'lim maktabi ingliz tili fani o'qituvchisi D.Xabibova 3 oydan buyon ish haqi to'lab berilmayotganidan norozi bo‘lib, uni undirishda amaliy yordam so‘rab tuman adliya bo'limiga murojaat qildi.
Mazkur murojaat ish yurituvga qabul qilininb, so'rov yo'li bilan o'rganildi.
O‘rganish davomida D.Xabibovaga xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to'g'risidagi guvohnoma olishda kechikkanligi sababli mehnat shartnomasi tuzilganligiga qaramasdan ish beruvchi tomonidan 6 878 300 so'm ish haqi to'lanmaganligi aniqlandi.
Adliya aralashuvi bilan fuqaro murojaati ijobiy hal qilindi, tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tomonidan D.Xabibovaga o'z vaqtida to‘lab berilmagan 6 878 300 so'm miqdoridagi ish haqi belgilangan tartib va muddatlarda toʻlab berilishi taʼminlandi.
Shaxboz Ismoilov,
Sirdaryo tuman adliya bo'limi bosh maslahatchisi