Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

So'ragan edingiz...


????Yashash joyiga doimiy roʻyxat ga turish qanday amalga oshirish mumkin?

????Bugungi kunda Yashash joyiga doimiy roʻyxatga turish uchun  (https://my.gov.uz/uz/service/363)fuqarolarimiz Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari yoki Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurishi  yoxud my.gov.uz orqali amalga oshirishlari mumkin.

???? Fuqarolar Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlar boʻylab doimiy roʻyxatga turish uchun murojaat qilishlari mumkin.

???? Shuningdek, mazkur xizmatdan Oʻzbekiston Respublikasining “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi lozim boʻlgan shaxslar - Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq:

????Toshkent shahri va Toshkent viloyatida koʻchmas mulkka ega fuqarolar;

????Toshkent shahrida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan fuqarolar - Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi doimiy yashash manziliga doimiy roʻyxatga turishlari;

????Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan fuqarolar - Toshkent viloyati boʻylab boshqa manzilga doimiy roʻyxatga turishlari mumkin.

????Xizmatdan my.gov.uz orqali  foydalanganda toʻlov 10 foiz chegirma bilan amalga oshiriladi.

???? Arizalar 1 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.

❗️Eslatib oʻtamiz, mazkur davlat xizmatidan faqatgina Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari foydalanishi mumkin.