Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Sessiyada Yangiyer shahar adliya bo‘limi boshlig‘i axborot berdi


Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashining navbatdagi 72-sessiyasi bo'lib o'tdi. Sessiyada Yangiyer shahar adliya bo‘limi boshlig‘i Laziz Xudoyqulovning norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha 2023-yilning 2-choragida bo‘lim tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti tinglandi.

Ta'kidanganidek,  joriy yilning 1-yarim yilligi davomida adliya boʼlimi tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlarining jami 3 ta normativ-huquqiy hujjatlari loyihalari huquqiy ekspertizadan oʼtkazilib, qonun hujjatlariga muvofiqligi boʼyicha xulosalar berildi.

Shuningdek, 2023-yilning 2-choragi davomida tuman darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyotdagi holati o‘rganib chiqildi. Huquqni qo'llash amaliyoti sohasida 7 ta o'rganishlar, 2 ta tahlil hamda 4 marotaba ijtimoiy so'rovnomalar o'tkazildi. Bundan tashqari, 9 ta taqdimnoma, 3 ta 118 million so'mlik daʼvo arizalar hamda 12 ta ogohnoma kiritildi. Sessiyada usbu o'rganishlar va monitoring natijalari tahlil qilindi.

Kun tartibidan o'rin olgan mazkur masala yuzasidan deputatlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berilib, tegishli qaror qabul qilindi.

Sessiyada Xalq deputatlari Yangiyer shahar kengashi deputatlari, tuman sektor rahbarlari, tegishli tashkilot rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati