Янгиликлар
13
YOSHLAR UCHUN "AFV" BADIIY FILMI NAMOYISH QILINDI
Bugun Adliya boshqarmasi va Kinematografiya agentligi Sirdaryo viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda Guliston shahar “Bo‘ston” mahallasida alohida e’tiborga muhtoj yoshlar uchun «Zilola cinema production» studiyasi tomonidan suratga olingan «Afv» badiiy filmi namoyish qilindi.
Filmda rollarni Matyoqub Matchonov, Begzod Muhammadkarimov, Seydulla Moldaxanov, Hamid Toshpo‘latov, Zilola Jo‘rayeva, Tal’at Yo‘ldoshev va boshqalar mahorat bilan ijro etgan.
Real voqealarga asoslangan mazkur kinokartina tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, yoshlarda katta taassurot qoldirdi.
Adliya boshqarmasi Axborot xizmati