Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

KORRUPSIYA VA ODAM SAVDOSIGA YO'Q DEYMIZ!


Korrupsiya va odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar jahon hamjamiyatini bugun har qachongidan ham jiddiy tashvishga solmoqda. Xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm qatori barqaror tinchlikka tahdid solayotgan bu illatlarning tobora avj olayotgani xatarli, albatta. Uning oldini olish esa aholi orasida profilaktik chora-tadbirlarni samarali tashkil etish, keng miqyosda tushuntirish-targ‘ibot ishlarini olib borishni taqozo qilmoqda.

“Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Mirzaobod tumanida joylashgan 532-son harbiy safarbarlik chaqiruvi rezervi batalonida tashkil etilgan targ‘ibot tadbirida ayni mavzuda so‘z bordi.

Tadbirda Adliya boshqarmasi Huquqiy axborot bo‘yicha bosh maslahatchisi Dilnoz Umurzoqova korrupsiya va odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati, ushbu jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda korrupsiya, odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini takomillashtirishga oid tizimli chora-tadbirlar olib borilayotganiga qaramay, bu jinoyatlarni sodir etayotganlar uchrab turibdi. Muloqotda ushbu jinoyatlarning salbiy oqibatlari hamda belgilangan jazo choralari haqida to‘xtalib o‘tildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati