Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

MEHNAT HUQUQLARIMIZNI O'RGANAMIZ


O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi xodimlar, ish beruvchilar va davlat manfaatlarining muvozanatini ta’minlash hamda ularni muvofiqlashtirish asosida yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.

Adliya vazirligi tomonidan e'lon qilingan “Mehnat huquqlarimizni o‘rganamiz” ijtimoiy aksiyasi aholining mehnat qonunchiligiga oid huquqiy savodxonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Aksiya doirasida Sayxunobod tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo’limi, Yoshlar ishlari agentligining Sayxunobod tuman bo‘limi, 1-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yangi Mehnat kodeksining mazmun-mohiyati, undagi yangicha tartiblar, intizomiy qoidalarni tushuntirish maqsadida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Mehnat qonunchiligida nimalar yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Yangi tartibga ko‘ra, ish beruvchi va xodimlarning manfaatlarida nimalar o‘zgardi?

Tadbirlar mobaynida Sayxunobod tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti B.Mo’minjonov tomonidan Mehnat kodeksiga kiritilgan yangi modda va normalar batafsil tushuntirildi.

Shuningdek, uchrashuvlar davomida, korrupsiya, odam savdosi va majburiyat mehnatga qarshi kurashishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatiga to‘xtalib o‘tildi hamda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati