Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Konstitutsiyani oʻrganamiz


Konstitutsiyamizning 6-moddasi: (https://lex.uz/docs/-6445145#-6445185) “O‘zbekiston Respublikasining poytaxti — Toshkent shahri”.

Mustaqil davlatga xos belgilardan biri bu uning poytaxtidir. Poytaxt davlatning bosh shahri hisoblanadi va uning alohida maqomi belgilanadi.

Konstitutsiyamizning 6-moddasi Toshkent shahri O‘zbekiston poytaxti ekanligini e’tirof etib, uning alohida maqomini belgilaydi.

Toshkent shahri poytaxt sifatida barcha imkoniyatlarga ega, jumladan, respublikadagi eng yirik siyosiy va iqtisodiy markazdir. Toshkentda barcha markaziy davlat va jamoat idoralari, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari joylashgan.

Toshkent shahri poytaxt bo‘lishi bilan bir vaqtda alohida ma’muriy-hududiy birlik hisoblanadi.