Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Endi chaqaloqlarga “ metrika” berilmaydimi?


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish tartiblarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2023-yil 1-yanvardan Toshkent shahrida, 2023-yil 1-iyundan esa butun respublika hududida tug‘ilganlikni tibbiyot muassasalari orqali fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlarida qayd etish tartibi joriy qilindi.

Bunda tug‘ilganlik holati fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan QR-kod (matrik shtrixli kod) tasviri tushirilgan ma’lumotnoma beriladi.

Mazkur ma’lumotnoma tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi hamda davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qabul qilishni rad etish qat’iyan taqiqlanadi.

Tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnoma fuqarolarning istalgan vaqtdagi murojaatlariga asosan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlari tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi (49 500 so‘m ) miqdorda gerb yig‘imi undirilgan holda rasmiylashtirib beriladi.



X.Sulaymanbekova,

Sayxunobod tuman FHDY bo‘limi mudirasi