Янгиликлар
08
SAYYOR QABULDA PAYMARDLIKLARNING MUAMMOLARI O'RGANILDI
“Inson huquqlari - oliy qadriyat” huquqiy aksiyasi doirasida, Sayxunobod tumani adliya boʻlimi, Oila va xotin qizlar boʻlimi, Pensiya jamgʻarmasi, Elektrtarmoqlari va Suvoqova korxonasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi mas'ul xodimlari ishtirokida "Paymard" MFYda ommaviy sayyor qabul va xizmatlar oʻtkazildi.
Sayyor qabul jarayonida jami tuman adliya boʻlimi boshligʻi tomonidan 10 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglanib, shundan 5 nafar fuqarolarning murojaatlariga zarur huquqiy tushuntirishlar berildi, 5 nafar fuqarolarning murojaati oʻrganib chiqish uchun ish yurituvga qabul qilindi.
Shuningdek, jarayonda 24 ta davlat xizmatlari koʻrsatildi.