Янгиликлар
09
Aholi muammolari o'rganildi
“Inson huquqlari oliy qadriyat” huquqiy aksiyasi doirasida Guliston tumani "Terakzor" mahallasida Guliston tuman adliya boʻlimi boshlig'ining navbatdagi sayyor qabuli oʻtkazildi.
Sayyor qabulda FHDY, Davlat xizmatlari markazi va Yuridik xizmat ko'rsatish markazi masʼul xodimlari ham ishtirok etishdi.
Oʻtkazilgan sayyor qabul davomida 11 nafar fuqarolarning murojaatlari koʻrib chiqildi. Shundan 6 nafar fuqaro murojaati bo'yicha joyida huquqiy tushuntirish berilib, 5 nafar fuqaroning murojaatlari o'rganish uchun kirimga olindi.
Sayyor qabul davomida fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ham ko'rsatildi. Jumladan, 2 nafar fuqaroga elektron raqamli imzo olish bo'yicha xizmat ko'rsatilgan bo'lsa, 4 nafar fuqaro Mobil-ID tizimiga identifikatsiya qilindi, 4 nafar fuqaro sanatoriylarga navbatga qoʻyildi.
Aksiya doirasida joylarda sayyor qabullar davom etmoqda.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati