Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

SAYYOR QABUL: XALQ BILAN YUZMA-YUZ


Sayyor qabul aholi murojaatlari bilan ishlashda samarali mexanizm. Joylarda to‘planib qolgan masalalar, aholini qiynab kelayotgan muammolarga bu kabi tadbirlarda huquqiy yechim izlanadi. Boyovut tumani "Anorzor” mahalla fuqarolar yig‘inida bo'lib o'tgan sayyor qabulda ham aholi muammolari o‘rganildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari Adxam Shayjigitov fuqarolar bilan muloqotga kirishar ekan, har bir murojaat o‘z vaqtida va qonunchilik talablariga muvofiq ko‘rib chiqilishini ta’kidladi.

Sayyor qabulda O‘g‘loy Tursunboyeva farzandining operatsiyasi uchun order olishda, Xalilullo Tuxliyev bir necha yildan buyon yashab kelayotgan turar joyiga egalik huquqini olishda amaliy yordam so'rab mas'ullarga murojaat qildi.

Shuningdek, muloqotda kompensatsiya olish, uy-joy, moddiy yordam, ishga joylashish, taʼlim sohasidagi masalalar, uy-joyni xususiylashtirish, mehnatga doir nizolar, tadbirkorlik faoliyati va boshqa masalalarda 30 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi. Shundan 14 ta murojaat o‘rganib chiqish uchun ish yurituviga olinib, qolgan murojaatlar bo'yicha zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.

Tadbir davomida sayyor tartibda davlat xizmatlari ko'rsatilgani aholiga yanada qulayliklar yaratdi.

Yozning jaziramasida masofa bosib davlat xizmatlari markaziga borishga hojat qolmadi. Mahallamizda sayyor qabul bo'lishini eshitib, darrov etib keldim. Ham huquqiy muammolarimga javob oldim, ham sanatoriyaga yo'llanma olish uchun navbatga qo'yildim. Beminnat xizmatdan mamnunman, -  deydi fuqaro Ma'rifat Risqulova.
Darhaqiqat, inson huquqlari - oliy qadriyat. Joylarda o‘tayotgan bu kabi sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda kutilgan natijalarni berishi, shubhasiz.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati