Янгиликлар
18
#Биласизми
✅ Davlat fuqarolik xizmatchisining rotasiyasi uni egallab turgan davlat fuqarolik xizmati lavozimiga teng bo'lgan boshqa lavozimga o'z roziligi bilan o'tkazish orqali amalga oshiriladi.
(https://lex.uz/uz/docs/6145972#6147548)???? Davlat fuqarolik xizmatida korrupsiyani oldini olish maqsadida majburiy ravishda rotasiya qilinishi lozim bo'lgan davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining ro'yxati belgilanadi.
Ushbu lavozimlarni egallab turgan davlat fuqarolik xizmatchilarining rotasiyasi ularning roziligisiz amalga oshiriladi.
???? Quyidagi davlat fuqarolik xizmatchilari rotasiya qilinmaydi:
▫️tayyorlash, qayta tayyorlashdan va malaka oshirishdan o'tayotgan;
▫️homilador ayollar, shuningdek uch yoshga to'lmagan bolalari bor ayollar;
▫️tibbiy xulosaga asosan o'zlarining yoki ular bilan birga yashovchi oila a'zolari sog'lig'ining holati rotasiya o'tkazilayotgan davlat fuqarolik xizmati lavozimi bo'yicha xizmat majburiyatlarini amalga oshirish imkoniyatini bermaydiganlar.