Янгиликлар
19
INSON HUQUQLARI - OLIY QADRIYAT
“Inson huquqlari oliy qadriyat” huquqiy aksiyasi doirasida adliya bo’limlari tomonidan mahallalarda sayyor qabullar davom etmoqda.
Albatta, bu kabi tadbirlar inson manfaatlarini ta’minlash, xalq bilan muloqot qilish, ularning hayotiy muammo va ehtiyojlarini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yangiyer shahar adliya bo'limi tomonidan “Shukrona” mahallasida tashkil etilgan navbatdagi ommaviy qabulda 10 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglanib, o‘rganish muddat talab qiladigan 3 ta murojaat ish yurituvga qabul qilindi. Imtiyozli kredit, bandlik, subsidiya, aliment kabi masalalarda kelib tushgan murojaatlarga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi.