Янгиликлар
20
Intellektual mulk qonun bilan muhofaza qilinadi
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 53-moddasida har kimga ilmiy, texnikaviy va badiiy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqiy kafolatlanishi, intellektual mulk qonun bilan muhofaza qilinadi. Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishi haqida g‘amxo‘rlik qiladi, deb belgilandi.
Intellektual mulk himoyasi har qanday taraqqiy etgan mamlakatning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu ma'mona intellektual mulk himoyasining konstitutsiyaviy darajada mustahkamlanishi ushbu huquq muhofazasining yangi boqichga ko‘tarilganligini ifodalaydi.
Sirdaryo viloyat axborot-kutubxona markazida tashkil etilgan tadbirda Adliya boshqarmasi intellektual mulk huquqlari imoyasi bo‘yicha bosh maslahatchi A.Axrorov intellektual mulk huquqi va uning tarkibiy qismi hisoblangan mualliflik huquqi haqida batafsil ma'lumot berdi.
Muloqotda fan, adabiyot va san’at asariga nisbatan mualliflik huquqi uni yaratish fakti bo‘yicha yuzaga kelishi, shuningdek, mualliflik huquqining yuzaga kelishi va amalga oshirilishi uchun asarni ro‘yxatdan o‘tkazish yoki biron-bir boshqa rasmiyatchilikka rioya etish talab qilinmasligi, asarning asl nusxasida yoki nusxasida muallif sifatida ko‘rsatilgan shaxs asar muallifi hisoblanishi haqida hamda mualliflik huquqi ob’yekti hisoblanadigan hamda hisoblanmaydigan materiallar, muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlari, mulkiy huquqlari haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzish qonunga xilof ekanligi ta'kidlanib, uning huquqiy oqibatlari tushuntirildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqamasi Axborot xizmati