Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Korrupsiya - taraqqiyotga tahdid


Korrupsiya bu — jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi.

Markaziy bank bosh boshqarmasida tashkil etilgan seminar “Korrupsion omillar va xavf-xatarning oldini olish” mavzusiga bag‘ishlandi.

Tadbirda adliya boshqarmasi Huquqiy axborot bo‘yicha bosh maslahatchisi D.Umurzoqova ishtirok etib, korrupsiya va uning salbiy oqibatlari, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida mamalakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir davomida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun, “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni, “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.

Seminar qizg‘in-baxs munozaralarga boy bo‘ldi, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

   Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati