Янгиликлар
22
Konstitutsiyani oʻrganamiz
Konstitusiyamizning 16-moddasida “Ushbu Konstitusiyaning birorta qoidasi O'zbekiston Respublikasining huquq va manfaatlariga, ushbu Konstitusiyaning birinchi bo'limida nazarda tutilgan asosiy prinsip va normalarga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas. O'zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi asosida va uni ijro etish yuzasidan qabul qilinadi. Birorta qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitusiyaning prinsip va normalariga zid bo'lishi mumkin emas”, deb belgilangan.
(https://lex.uz/docs/6445145#6445249)Konstitusiyaning birinchi bo'limida belgilangan asosiy prinsiplar, O'zbekiston siyosiy-huquqiy tizimining asosiy ustunlari sifatida namoyon bo'ladi.
Shunga ko'ra, mazkur moddada Konstitusiyadagi boshqa normalar davlat manfaatlariga zarar yetkazmasligi qat'iy belgilangan.
Shuningdek, qonunlar, Oliy Majlis palatalari qarorlari, Prezident farmon, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, vazirlik va idoralar buyruqlari hamda qarorlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari faqat Konstitusiyaga asosan qabul qilinishi kerak, ularda Konstitusiyaga zid birorta norma bo'lishi mumkin emas.