Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

MEHNAT HUQUQLARIMIZNI O'RGANAMIZ


Ishga qabul qilishni noqonuniy rad etishga yo'l qo'yilmaydi.

(https://lex.uz/docs/6257288#6260525)???? Quyidagilar ishga qabul qilishni noqonuniy rad etishdir:

▫️kamsitishni taqiqlash to'g'risidagi talablarni (https://lex.uz/docs/6257288#6257599) buzish;
▫️ish beruvchi ishga taklif etilgan (https://t.me/huquqiyaxborot/13854) shaxslarni ishga qabul qilmaslik;
▫️ish beruvchi qonunga muvofiq mehnat shartnomasini tuzishi shart bo'lgan shaxslarni (ish o'rinlarining eng kam soniga ishga yuborilgan shaxslarni, ish beruvchi alohida asoslar bo'yicha mehnat shartnomasini bekor qilgan shaxslarni, ular qayta ishga qabul qilingan taqdirda va boshqalarni) ishga qabul qilmaslik;
▫️homiladorlik yoki farzandlar borligi bilan bog'liq sabablarga ko'ra ishga qabul qilmaslik;
▫️sudlanganligi sababli shaxslarni ishga qabul qilmaslik (qonunchilikda alohida istisnolar belgilanishi mumkin).

Ishga qabul qilish rad etilganda ariza beruvchiga uning sababi ko'rsatilib javob beriladi.