Янгиликлар
23
SAYYOR QABULDA SAYYOR XIZMATLAR KO'RSATILDI
“Inson huquqlari oliy qadriyat” huquqiy aksiyasi doirasida Guliston shahar adliya boʻlimi tomonidan "Bog'ishamol" MFYda ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi va aholiga sayyor xizmatlar ko‘rsatildi.
Sayyor qabulda 12 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglanib, shundan 7 nafar fuqarolarning murojaatlari oʻrganib chiqish uchun qabul qilinib, alohida nazoratga olindi.
Tadbirda Guliston shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi xodimi tomonidan fuqarolarning bir qator savollariga huquqiy tushuntirishlar berildi. "Bog'ishamol" MFY uchastka noziri bilan kelgusida mahallada probatsiya va profilaktika hisobida turuvchi shaxslar, ular bilan olib borilayotgan profilaktika ishlari xususida ham suhbatlar tashkil etildi.
Sayyor qabul jarayonida jami 8 ta davlat xizmati koʻrsatildi, shu oʻrinda,Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish uchun 6 ta, Ipoteka kreditiga davlat subsidiyasini olishga ariza berish uchun 8 ta, Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo'qligi to'g'risidagi ma'lumotnoma olish 2 ta davlat xizmatlari amalga oshirildi.
Bundan tashqari, tadbir jarayonida ishtirokchilarga Oʻzbekiston Respublikasining saylovga oid qonunchilik hujjatlari, yangi tahrirdagi Konstitutsiya, Mehnat kodeksi mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati