Янгиликлар
23
"Uch avlod uchrashuvi" taassurotlarga boy bo'ldi
Xadicha Sulaymonova yuridik fanlar doktori, professor, O‘zbekiston fanlar akademiyasining akademigi, Respublika Yustisiya ministri, Ministrlar soveti huzuridagi Yuridik komissiya raisi, Respublika Oliy sudi raisi...Yana qancha unvonlaru, yuksak lavozimlarda faoliyat yuritgan, sud-huquq sohasi rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan bu insonning hayot yo‘li hamisha katta ibrat maktabidir.
Sirdaryo viloyat yuridik texnikumida “Xadicha Sulaymonova kabi yurist bo‘laman” mavzusida tashkil etilgan “Uch avlod uchrashuvi” Xadicha Sulaymonovaning hayoti va mehnat faoliyatiga bag‘ishlandi.
Tadbirda adliya faxriysi Qobiljon Ahmadjonov, Guliston shahar adliya bo‘limi boshlig‘i Safarboy Tog‘ayev, notariuslar Ikrom Hatamov, Qahramon Qarshiboyevlar ishtirok etishdi.
So‘zga chiqqanlar akademik Xadicha Sulaymonovaning hayot yo'li, mehnat faoliyati, erishgan yutuqlari haqida keng ma’lumotlar berishdi.
Muloqot mobaynida sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritilib, yosh avlod bugungi shart-sharoitlar, qulayliklardan unumli foydalangan holda chuqur bilim egallashi, jamiyatda adolat va qonun ustuvorligini ta’minlashda munosib hissa qo‘shish uchun o‘qib-izlanishi lozimligi ta’kidlandi.
“Uch avlod uchrashuvi” taassurotlarga boy bo‘lib, yoshlar qalbida huquqshunoslik kasbiga yanada mehr va havas uyg'otdi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati