Янгиликлар
24
"Qizil" hududda sayyor qabul
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish dolzarb vazifa. Oqoltin tuman adliya bo‘limi tomonidan "qizil" hudud toigasiga kirgan “Yangi hayot” mahallasida tashkil etilgan navbatdagi muloqotda ayni mavzuda so'z bordi.
Har qanday jinoyatning sodir etilishida ma’lum bir sabablar bor. Oilada ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, farzand ta’lim-tarbiyasiga e’tibor qaratish turli noxush holatlarning oldini olishda muhim omil ekanligi profilaktik tadbir davomida alohida tushuntirildi.
Tadbir davomida odam savdosi, korrupsiya va boshqa jinoyatlarga qarshi kurashishga qaratilgan islohotlar mazmun-mohiyatiga to'xtalib o'tildi.
Tovlamachilik, firibgarlik, bosqinchilik va boshqa jinoyatlarning huquqiy oqibatlari hayotiy misollar asosida tushuntirildi.
Muloqotda yangilangan konstitutsiya, saylov qonunchiligi mazmun-mohiyati yuzasidan keng ma'lumotlar berildi.
Shundan so'ng, "Inson huquqlari - oliy qadriyat" huquqiy aksiyasi doirasida sayyor qabul tashkil etilib, aholi muammolari o'rganildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati