Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlaridan kuzatuvchilarning huquqiy savodxonligi oshirildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi “Muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlash to‘g‘risida”gi Farmoni bilan 2023-yil 9-iyul kuni muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tkazilishi belgilandi.

Guliston shahar adliya bo'limi tomonidan ayni kunlarda mazkur farmon va saylov qonunchiligi mazmun-mohiyati joylarda keng targ'ib qilinmoqda.

Guliston shahar adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari  U.Tursunmuratov va j.Boirovlar tomonidan Guliston shahrida joylashgan 1-sonli musiqa maktabi binosida Guliston, Mirzaoobod tumani va Guliston shahri Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar ishtirokida o'tkazilgan huquqiy targ'ibot tadbirida Saylov kodeksiga muvofiq saylovlarni o'tkazish tartibi va unda kuzatuvchilarning huquq va majburiyatlari haqida tushunchalar berildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati